Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Xeyxe shahrida epidemiologik vaziyat sababli jamoat transporti ishi to‘xtatildi
Xitoyning Xeylunszyan provinsiyasida joylashgan Xeyxe shahrida epidemiologik vaziyat sababli jamoat transporti qatnovi to‘xtatildi. Ushbu taqiqlov avtobuslar bilan bir qatorda taksilarga ham taalluqli bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, transport ishi tiklanishi haqida keyinroq ma'lum qilinadi.
Xeylunszyan sog‘liqni saqlash qo‘mitasi 28 dekabrda Xeyxeda koronavirusning o‘tkir shakldagi shtammiga chalinish bo‘yicha 4ta yangi holat qayd qilinganini ma'lum qilgandi.
Shu sababli 1 yanvardan Xeyxe aholisiga shaharni samolyotlarda tark etish taqiqlangandi.
Xeyxe Amur daryosi bo‘yida joylashgan va Rossiyaning Blagoveshchensk shahri bilan avtomobil ko‘prigi yordamida bog‘langan.
Mavzuga oid
16:14 / 04.06.2026
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
15:14 / 04.06.2026
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
17:55 / 25.05.2026
Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 4:00 dan harakatlanadi
13:40 / 20.05.2026