Jamiyat | 19:34 / 04.01.2021
57853
3 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz professional kadrlarni ishga taklif qiladi. Maosh 5–7 mln so‘mdan boshlanadi

Kun.uz sayti OAV sohasida tajribaga ega professional mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Talabgorlar quyidagi bo‘limlardan biriga o‘z nomzodlarini taklif qilishlari mumkin:

1. Jamiyat (Ijtimoiy sohalarga doir tezkor xabarlar, tahliliy maqolalar va surishtiruvlar o‘tkazishni qamrab oladi);

2. Iqtisodiyot (iqtisodiyot, moliya, soliq, bank va savdo sohalaridagi o‘zgarish va yangiliklarni tahlil qilish);

3. Rus tahririyati (O‘zbekiston va xorij yangiliklarini rus tilida yoritib borish);

4. O‘zbek tahririyatida muharrirlik (tahrir, materiallarni saytda e'lon qilish uchun yakuniy ko‘rinishga keltirish).

Jamiyat va iqtisodiyot bo‘limlariga jurnalist kadrlardan tashqari muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ekspertlar ham ishga qabul qilinadi.

Nomzodlarga quyidagi birlamchi talablar qo‘yiladi:

  • jurnalist va muharrirlar uchun – jurnalistika va elektron OAV sohasida kamida 2 yillik muvaffaqiyatli ish tajribasi;
  • ekspertlar uchun – o‘z sohasidagi zamonaviy tendensiyalardan xabardorlik, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga obektiv baho berish, o‘z fikrlarini ravon ifodalay olish;
  • saytning Toshkent shahridagi bosh ofisida to‘liq ish vaqti rejimida ishlash;
  • kompyuter va internetda eng birlamchi dasturlardan foydalana bilish, matnlarni tez va bexato terish;
  • o‘zbek yoki rus tillarida savodxonlik (boshqa xorijiy tillarni bilish qo‘shimcha ustunlik beradi).

Kun.uz nimalarni taklif qiladi?

  • sohada raqobatbardosh maosh – dastlabki bosqichda 5–7 mln so‘m (aniq summa nomzodning salohiyatiga va zimmasiga oluvchi ish hajmiga qarab bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin);
  • poytaxt markazida jurnalistik faoliyat uchun barcha sharoitlarga ega ofis;
  • kuniga ikki mahal bepul issiq ovqat;
  • ishga doir xarajatlarning muntazam ravishda qoplab berilishi.

Taklifimizga qiziqish bildirganlardan quyidagi link orqali o‘tib, so‘rovnomani to‘ldirishlarini so‘raymiz:

Eslatma: Saralab olingan nomzodlar tahririyatga bevosita suhbatga taklif etiladi. So‘rovnomani to‘ldirganlarga yozma javob berilmaydi, suhbatga va ishga qabul qilmaslik sabablari tushuntirilmaydi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid