Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Janubiy Koreyaga qarashli tankerni ushladi
Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi kuchlari Fors ko‘rfazida Janubiy Koreya bayrog‘i ostida suzgan tankerni ushlab, uni Eron sohilidagi portga olib bordi.
Eron rasmiylarining fikricha, neft-kimyo mahsulotlarini tashishga mo‘ljallangan tanker atrof-muhitni ifloslantirgan.
Ta'kidlanishicha, Hankuk Chemi deb nomlangan tanker Saudiya Arabistonidagi Al-Jubayl portini tark etgandan beri bir necha marta ekologik qoidalarni buzgan. Endi tanker ishi bilan Eron sud organlari shug‘ullanadi.
Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi ushlangan kema Eron suv hududlariga yo‘nalayotganini tasdiqlagan. Ta'kidlanishicha, voqea joyiga Janubiy Koreyaning qaroqchilikka qarshi kurash bo‘limi kuchlari yo‘l olgan.
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi voqea joyi yaqinida harakat qiluvchi ko‘p millatli harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikda ushbu vaziyat bilan shug‘ullanishini ma'lum qilgan.
Kema ekipaji 20 kishidan, jumladan 5 nafar koreyalik, 11 nafar birmalik, 2 nafardan indoneziyalik va vetnamlikdan iborat bo‘lgan.
Kema operatori - DM Shipping kompaniyasi vakili kema ushlanishi vaqtida ochiq dengizda bo‘lganini, u atrof-muhitni ifloslantirmaganini ma'lum qilgan.
Avvalroq, 2 yanvarda CNN telekanali manbalari Eron Fors ko‘rfazidagi harbiy-dengiz kuchlari bo‘linmalari jangovar shayligi darajasini oshirganini ma'lum qilgan. Telekanal taxminiga ko‘ra, Tehronning harbiy faolligi “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilganining bir yilligi arafasida kuchaytirilgan.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
13:35 / 18.06.2026