O‘zbekiston | 18:30 / 05.01.2021
5576
2 daqiqa o‘qiladi

Nima uchun shahar bilan chekka tumanlardagi yerlarning narxi turlicha bo‘ladi? Mutaxassis javob berdi

Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati yer solig‘ining yillik miqdori, yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar, yer uchastkasining joylashgan joyi kabi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi.

Kadastr agentligi matbuot kotibi Ne'matjon Otamurodov shahar bilan chekka tumanlardagi yerlarning narxi turlicha bo‘lishi sabablari haqida ma'lumot berdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun har yili 10 iyundan 10 dekabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi va viloyat hokimliklari moliya bosh boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tavsiyalariga asosan quyidagi mezonlar bo‘yicha tasdiqlanadi:

  • yer solig‘ining yillik miqdori;
  • yer uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid xarajatlar;
  • yer uchastkasining joylashgan joyi;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarining mavjudligi.

Har bir tuman (shahar) uchun yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati u tasdiqlangan sanadan e'tiboran bir ish kuni ichida soliq organlari tomonidan «YERELEKTRON» tizimiga kiritiladi», dedi matbuot kotibi 5 yanvar kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

Ma'lum qilinishicha, oxirgi tasdiqlangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid