Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTda dunyoda qashshoqlik darajasi 22 yil ichida ilk bor o‘sgani ma'lum qilindi
2020 yilda dunyoda o‘ta qashshoqlik darajasi 22 yil ichida birinchi marta o‘sdi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Xavfsizlik kengashining tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha videoformat shaklida o‘tgan yig‘ilishida ma'lum qildi.
Foto: Global Look Press
Guterrishning ta'kidlashicha, koronavirus pandemiyasi bir qator salbiy tendensiyalarni yanada chuqurlashtirdi. “2020 yilda 22 yil ichida ilk bor o‘ta qashshoqlik darajasi oshdi. Qaltis vaziyat va ixtiloflar sharoitida iqtisodiy faollikning pasayishi yana 18 mlndan 27 mlngacha kishini qashshoqlikka duchor qiladi”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT rahbari.
U, shuningdek, butun dunyoda “gender tengsizlik” chuqurlashayotganiga e'tibor qaratgan.
“Agar biz qashshoqlik va ixtiloflarga chek qo‘yishni istasak, bizga Barqaror rivojlanish maqsadlarida mustahkamlangan ikki tamoyilga asoslangan yondashuv zarur. Birinchidan, bu o‘zaro bog‘liqlik: tinchliksiz barqaror rivojlanish va barqaror rivojlanishsiz tinchlik bo‘lmaydi. Ikkinchidan, xayrixohlik. “Hech kimni ortda qoldirmaslik” majburiyati barqaror rivojlanish va ixtiloflar oldini olish hamda ularni hal qilish bo‘yicha sa'y-harakatlarimiz markazida bo‘lmog‘i lozim”, deb aytgan Guterrish.
Mavzuga oid
22:14
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:35
BMT Bosh kotibi lavozimiga to‘rt nafar nomzod ko‘rikdan o‘tadi
09:45 / 08.04.2026
Rossiya va Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini to‘sdi
15:47 / 02.04.2026