Banklardagi ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Hujjatning amal qilish doirasi kengaytirildi. Endi uning talablari:
a) bankning to‘lov agentlari va subagentlari tomonidan bajarilishi shart. Bunda:
ushbu majburiyatga rioya etilishini ta'minlash – bankning vazifasi va mas'uliyati. Shu munosabat bilan banklar, ular va ularning agentlari va subagentlari faoliyat ko‘rsatadigan mamlakatlarning vakolatli organlari foydalanishi mumkin bo‘lgan to‘lov agentlari va to‘lov subagentlarining yangilangan reyestrini yuritishi kerak;
to‘lov agentlari va to‘lov subagentlari qonunchilikka rioya etgan holda, agar agentlik yoki subagentlik shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, mijozni lozim darajada tekshirish uchun uning shaxsini tekshirishi va identifikatsiyalashi mumkin;
b) yuridik shaxslar qatorida yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham qo‘llaniladi. Bular chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, quyidagilarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilma:
o‘z ishtirokchilarining - paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning;
boshqa benefitsiarlarning – fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar yoki ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari.
Bankning Ichki nazorat xizmati uning bo‘linmalari rahbarlaridan mustaqil hisoblanadi. Funksiyalarini bajarishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday ta'sirlardan qochiladi. Ushbu mustaqillik quyidagi jihatlar bilan ta'minlanadi:
birinchidan, Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlarini tayinlash, lavozimidan ozod etish, shuningdek ularning faoliyatini baholash va mukofot to‘lovlari miqdori (ish haqi, bonuslar va boshqalar) to‘g‘risidagi qarorlar faqat kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi;
ikkinchidan, Ichki nazorat xizmati rahbari bankning foyda olishga qaratilgan bo‘linmalarini boshqarish va operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha vakolatga va moliyaviy majburiyatlarga ega bo‘la olmaydi. Shuningdek lavozimlarni qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklar mustaqil ravishda mijozni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarini qabul qilishi shart bo‘lgan holatlar uchun asoslar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi:
barcha jismoniy shaxslar (ilgari – faqat rezidentlar) tomonidan ekvivalenti 100 AQSh dollaridan oshgan miqdorda chet el valutasining sotib olinishi;
jismoniy shaxslar tomonidan BHMning 50 baravariga teng yoki undan ortiq summadagi MBning qimmatbaho metallardan yasalgan o‘lchovli yombilarining sotib olinishi (ilgari – faqat MBning qimmatbaho tangalari, kolleksion va numizmatik pul belgilari);
bank nomidan to‘lov agenti yoki to‘lov subagenti tomonidan BHMning 50 baravariga teng yoki undan ortiq miqdordagi naqd pul mablag‘larini bank kartalariga, shu jumladan uchinchi shaxslarning bank kartalariga o‘tkazish uchun qabul qilinishi (yangi shart).
Barcha holatlarda bir martalik operatsiyalar, shu jumladan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir nechta operatsiyalarni bajarish orqali amalga oshiriladigan bir martalik operatsiyalar nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, banklar, pul o‘tkazmasi bo‘yicha ham jo‘natuvchi va ham qabul qiluvchi tomonlarga xizmat ko‘rsatgan taqdirda, quyidagilarga majburdirlar:
a) shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborish zaruriyatini aniqlash maqsadida ulardan olingan barcha ma'lumotlarni hisobga olish;
b) shubhali pul o‘tkazmasi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday mamlakatda shubhali operatsiya to‘g‘risidagi xabarni vakolatli organlarga yuborish va pul o‘tkazmasi to‘g‘risidagi tegishli ma'lumotlarni taqdim etish.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
09:59 / 23.11.2024