O‘zbekiston | 15:04 / 09.01.2021
2428
2 daqiqa o‘qiladi

Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi 

Foto: KUN.UZ

Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi brifingda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi.

«Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘rsatkichi 19 foiz bo‘lib, 2021 yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 25 foizga yetkaziladi», - dedi u.

Qayd etilishicha, turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo‘yicha «Charm to‘p» bosh vazir kubogi o‘tkaziladi. Kelgusi yilda 916 km «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi.

Mahallalarda 500ga yaqin stritbol maydoni, 355ta badminton maydoni, qo‘shimcha ravishda 420ta mini futbol maydoni, 350ta ko‘chada vorkaut maydonchasi quriladi. 70ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog‘cha va 10 000ta maktab jami 120 mlrd so‘mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta'minlanadi.

Shuningdek, kelajakda barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochilishi, 150ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etilishi aytildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid