Kasb-hunarga o‘rgangan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi
«Yoshlar 1+1» dasturi asosida 6 kunlik maxsus kurslarni tugatgan ishsiz yoshlarga 33 million so‘mgacha bo‘lgan imtiyozli va garovsiz kredit olish imkoniyati yaratiladi.

Yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish va ularning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlarga tadbirkorlik haqida nazariy bilimlar berilishi ma'lum qilindi. «Yoshlar 1+1» dasturi asosida 6 kun, ya'ni 48 soat davomida maxsus kurslar tashkil etilib, kurs tinglovchilariga maxsus sertifikatlar berilishi rejalashtirilmoqda. Kurslarni tugatgan ishsiz yoshlar 3 yil muddatga 33 million so‘mgacha bo‘lgan 6 oylik imtiyozli davri va garovsiz kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ta'kidlanishicha, hududlarda «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tamoyili asosida yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va ularning bandligini ta'minlash maqsadida namunaviy o‘qishlar tashkil etilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma'qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta'lim muassasalariga sarflangan xarajatning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etish uchun mikrokredit ajratiladi.
Mikrofirma va kichik korxona tashkil etgan shaxslarga uchinchi shaxs kafilligi va sug‘urta polislarisiz 225 million so‘mgacha kredit Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining kafilligi asosida beriladi.
Avvalroq, yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar, shuningdek, yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Texasda robotaksi servisini ishga tushirdi
Fan-texnika | 01:37
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
Mavzuga oid

12:02 / 19.06.2025
Sotib yuborilayotgan bog‘, maktab va bog‘cha hududlari. Nima qilish kerak?

16:38 / 13.06.2025
Toshkentda 23 ming taksichi ishsiz qolishi mumkin - Yandex

12:38 / 10.06.2025
Talabga javob bermaydigan mahsulotni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik beriladi

18:15 / 07.06.2025