Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy budjetning 5 foizi jamoatchilik taklifiga asosan sarflanadi – Moliya vazirligi
2021 yilda tuman va shahar budjetlari xarajatining 5 foizi tajriba tariqasida jamoatchilik takliflari asosida maqsadli yo‘naltiriladi. Avval budjet qo‘shimcha manbalarining 10 foizi shunday sarflanishi joriy etilgandi.
Joriy yilda tuman va shahar budjetlari xarajatlarining 5 foizi tajriba tariqasida jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida ichimlik suvi tizimini yaxshilash, umumiy yo‘llarni rekonstruksiya qilish, maktabgacha ta'lim binolarini ta'mirlash kabi tadbirlarga yo‘naltiriladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
11 yanvar kuni AOKAda o‘tgan tadbirda moliya vaziri o‘rinbosari mahalliy budjet sarflanishida jamoatchilikning roli oshirilishi haqida ma'lumot bergan.
Bunda, 2021 yilda har bir xududda bittadan tumanda tajriba o‘tkazish taklif etildi. Tajriba uchun dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 100 milliard so‘m mablag‘ respublika budjetidan tuman budjetlariga qo‘shimcha ravishda ajratish lozimligi ta'kidlandi.
O‘tgan 2019-2020 yillarda jamoatchilik fikri asosida bildirilgan tadbirlarga tumanlar budjetlari qo‘shimcha manbalarining 10 foizi yo‘naltirilishi belgilangan bo‘lsa-da, bu borada hududiy moliya organlari tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmaganligi ta'kidlanmoqda.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
21:00 / 11.01.2026
«Mening maktabim» loyihasida ovoz berish bosqichi boshlandi
14:24 / 08.01.2026
Noqulay iqlim sharoiti uchun ustama: qaysi hududlarda va qancha?
14:47 / 30.12.2025