Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida boshqaruvni yo‘qotgan «Malibu» to‘xtab turgan 2ta «Lasetti»ga urilib, ag‘darilib ketdi
Joriy yilning 13 yanvar kuni soat 10:00larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida haydovchi, 2000 yilda tug‘ilgan B.M. "Malibu" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan korxona ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "Lasetti" va haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.Yu. boshqaruvidagi yana bir "Lasetti" rusumli transport vositalariga urilgan. "Malibu" avtomobili ag‘darilib ketgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid
11:50 / 29.01.2026
Chilonzorda ko‘prik ustida 4 ta avtomobil to‘qnashdi
11:38 / 27.01.2026
Namanganda Cobalt va yo‘lovchi avtobus to‘qnashuvida 3 kishi halok bo‘ldi
10:15 / 26.01.2026
Ahmad Donish ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashdi
08:30 / 26.01.2026