Toşkent şahrida yölovçi avtobus va BYD maşinasi iştirokida YTH sodir böldi. “Toşşahartransxizmat” AJ axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, YTH “Nukus” va “T.Şevçenko” köçalari kesişgan çorrahada sodir bölgan. Yutong avtobusi çorrahadan “T.Şevçenko” köçasiga burilayotganda qarama-qarşi tarafdan harakatlanib kelgan BYD avtobus bilan töqnaşgan.
Ta’kidlanişiça, BYD haydovçisi çorrahada svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğiga böysunmasdan harakatlangan.
Dastlabki ma’lumotga köra, har ikki haydovçi tez-tibbiy yordam xodimlari hamrohligida şifoxonaga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toşkentda yölovçi avtobus va Tracker töqnaşgandi.








