2020 yil xorijiy valutada ajratilgan kreditlar kamaydi
O‘tgan yili xorijiy valutadagi kreditlar hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 25 foizdan 18 foizga pasaydi. Konvertatsiya hajmi esa oshgan.
2020 yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar ulushi pasayib, ichki valuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi oshdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 2020 yilda importni moliyalashtirish manbalari tarkibida xorijiy valutadagi kreditlar hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 25 foizdan 18 foizga pasayishi kuzatilib, ichki valuta bozorida sotib olingan mablag‘lar ulushi 52 foizdan 58 foizga oshdi.
Shuningdek, ushbu davrda Markaziy bankning valuta bozoriga aralashuvi (intervensiyalari) oltin-valuta zaxiralarini barqaror saqlash (neytrallik prinsipi)ga asoslangan holda amalga oshirilgani xabar qilinmoqda. Bunda Markaziy bank tomonidan sotilgan chet el valutasining sof hajmi yil davomida sotib olingan oltin hajmi doirasida bo‘lishi ta'minlandi.
Xususan, hisobot yilida Markaziy bank tomonidan sotib olingan 56 trillion so‘mlik monetar oltin natijasida yuzaga kelgan qo‘shimcha likvidlilikni sterilizatsiya qilish maqsadida 53 trillion so‘m ekvivalentidagi valuta mablag‘lari valuta birjasida sotilgan.
Bosh regulyator uchun 2021 yilda ham valuta siyosatini erkinlashtirish jarayonini davom ettirish muhim hisoblanadi. Shu yili valuta kreditlari ulushini hozirgi 50 foizdan 45 foizga, ya'ni kamida 2 milliard dollarga pasaytirish lozimligi ta'kidlangan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

18:22 / 28.04.2025
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi

19:43 / 18.04.2025
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi

15:24 / 09.03.2025
Farg‘onada onlayn qimorga berilgan shaxs yashirincha hamkasblari nomiga kredit olib, ularni ham yutqazdi

12:13 / 07.03.2025