Jahon | 01:29 / 14.01.2021
31493
2 daqiqa o‘qiladi

“Askar uxlayapti – xizmat ketyapti”: Kapitoliy binosida uxlayotgan askarlar suratlari e'lon qilindi 

Foto: EPA

AQShda milliy gvardiyaning yuzlab askarlari AQSh prezidenti Donald Trampga impichment e'lon qilish bo‘yicha debatlar o‘tayotgan Kapitoliyni himoya qilishga jo‘natildi. 

Associated Press axborot agentligi voqea joyidan olgan suratlarda qaysi biri toliqqanidan, qaysi biri esa shunchaki zerikkanidan Kapitoliy ichida duch kelgan joyga bosh qo‘yib, uxlayotgan askarlarni ko‘rish mumkin. 

Ma'lum qilinishicha, yaqin kunlarda AQSh poytaxti Vashingtonda Jo Baydenning inauguratsiyasi munosabati bilan 15 ming gvardiyachi politsiyaga tartibni saqlashda ko‘mak ko‘rsatadi.

Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA
Foto: EPA

Bunday chora AQShda 6 yanvarda Tramp tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgandan keyin qabul qilingan. O‘shanda prezident saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar hibsga olingan.

Demokratlar ushbu hodisalarda amaldagi prezidentni ayblashgan va unga impichment e'lon qilish bo‘yicha rezolyutsiyani kongressga yo‘llashgan. Ularning fikricha, Tramp 6 yanvarda o‘z tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqi bilan ularni isyon ko‘tarishga chaqirgan. 13 yanvarda ushbu rezolyutsiya bo‘yicha kongressning vakillar palatasida ovoz berish bo‘lib o‘tdi.  

Ma'lumotlarga ko‘ra, agar Trampga impichment e'lon qilinadigan bo‘lsa, barcha 50ta shtatda 16 yanvardan 20 yanvargacha kuchli isyonga aylanib ketishi mumkin bo‘ladigan qurolli noroziliklar o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid