Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga qarashli yuk kema Qora dengizda cho‘kib ketdi
Turkiyaning Bartin viloyati yaqinida Qora dengizda Rossiya bayrog‘i ostida suzgan “Arvin” yuk kemasi cho‘kib ketdi. Turkiya kema ekipajini qutqarish bo‘yicha amaliyot boshlagan.
Foto: narodna-pravda.ua
Bartin gubernatori Sinan Gunerning ma'lum qilishicha, voqea Inkumu yaqinida yuz bergan va kema ekipajining 15 a'zosini qutqarish bo‘yicha amaliyot olib borilmoqda. Dengizchilar kema cho‘kkandan keyin 3ta qutqaruv shlyupkasida sohilga yetib olishga urinishgan. Biroq ularga yomon ob-havo xalaqit qilgan. Gunerning ta'kidlashicha, ayni vaqtda halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Qutqaruv amaliyoti kema cho‘kkan joydagi yomon ob-havo sababli qiyinlashgan. Voqea joyiga uchta kema jo‘natilgan, biroq kuchli shamol va to‘lqinlar sababli ular falokat hududiga yaqinlasha olishmayapti.
Bu orada Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi kema cho‘kishi tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026