Suhbat davomida olim savodsizlikka olib kelayotgan omillar, ularni bartaraf etiş yöllari, kirill va lotin alifbolari örtasidagi farqlar, ularning töğri transliteratsiyasi borasidagi fikrlarini bildirdi.

“Savod degani faqat harfni taniş-u, öqişgina emas”

— Töğri yoziş, savodxonlik haqida köp gapiramiz. Imlo masalasi jamiyat uçun qay darajada muhim?

— Özini anglagan har bir xalq öz yozuvi bölişiga, uni töğri yozişga va boşqalarga yetkazişga harakat qiladi. Uning ahamiyati şu qadar buyukki, biror-bir taraqqiyotni yozuvsiz tasavvur qilib bölmaydi. Çunki u orqali ma'lum bir bilim va mahoratga ega bölamiz, boşqa bir kişining fikrini öqiymiz, uqamiz.

Özbek xalqi azaldan öz yozuvining çiroyli bölişiga, uning husnixat şakliga jiddiy e'tibor qaratgan. Yozuvda kişining nafaqat bilimi, balki uning tafakkuri, içki olami, did-farosati namoyon böladi. Biz yozuvning ham bosma, ham yozma şaklidan foydalanamiz. Ayrim xalqlar esa faqatgina bosma şaklni qöllaydi.

Savod deganda faqat harfni taniş, öqiş tuşunilmaydi. Savod öşa sözning töğri qöllanişi va töğri yozilişi bilan boğliq. Ayniqsa, tarjima asarlarimizda juda köp sözlar notöğri tarjima qilinadi. Aniqroği, töğridan-töğri tarjima qilinadi, bu esa tarjima mahorati yöqligi, ikkinçidan, tarjima nazariyasidan bilim yetişmasligidan darak beradi.

“Köpçilik men yetarliça bilimni oldim, menga endi yetadi deb hisoblaydi”

— Savodsizlikni yöqotiş yoki imlo savodxonligini oşiriş uçun, menimça, uni tarğib qiliş kerak, tarğib qiliş uçun esa ilmiy asoslar yetarliça işlangan bölişi kerak. Şu uzviylikda qaysi tomon köproq oqsayapti deb hisoblaysiz?

— Yuqorida ham ta'kidladim, savodxonlik öta muhim masala, buni avvalo, bolalikdan örgatib boriş kerak. Boğçadan boşlab, maktab, universitet — hammasida uzluksiz davom etadi.

Bizda örta maktabni tugatgan yoxud biror oliy ta'lim muassasasini bitirgan odamlarda şunday bir tasavvur bor: men yetarliça bilimni oldim, menga endi yetadi, deb hisoblaydi. Bu notöğri qaraş. Çunki til bir joyda qotib qoladigan dogma emas. U töxtovsiz ösib boradi. Istaymizmi-yöqmi, har kuni bitta yangi söz qöşiladi. Qaysidir sözning ma'nosi torayadi yoki tildan çiqib ketadi. Yangi kirib kelayotgan sözning yozilişi esa munozarali. Real qaraydigan bölsak, köçalardagi yozuvlarda juda ham köp xatoliklar bor.