Fan-texnika | 20:00 / 20.01.2021
8332
4 daqiqa o‘qiladi

SmartThings Find – Galaxy qurilmalarini tez topishning yangi usuli

SmartThings ilovasining tarkibiga kiruvchi SmartThings Find servisi BLE va UWB texnologiyalari yordamida ulangan Galaxy qurilmalarini topishga yordam beradi.

Samsung Electronics kompaniyasi yangi SmartThings Find servisi ishga tushgani haqida e'lon qildi, u Android 8 yoki yangiroq versiyalar boshqaruvidagi Galaxy qurilmalarini tez va oson topishga yordam beradi.  Android 8 yoki yangiroq versiyadagi Galaxy smartfonlari va planshetlari, Tizen 5.5  dagi Galaxy Watch qurilmalari hamda Galaxy Buds+, Galaxy Buds Live va Galaxy Buds Pro qurilmalari uchun imkonli. SmartThings Find servisi Galaxy  smartfonlari, planshetlari va taqib yuriladigan devayslarini topish uchun energiya iste'moli past (BLE) Bluetooth texnologiyasidan va o‘ta keng polosali aloqadan (UWB) foydalanadi.

«Eng yangi BLE va UWB texnologiyalarini qo‘llagan holda, SmartThings Find  servisi yo‘qolgan qurilmalarni izlashni soddalashtiradi, - deya qayd etadi Samsung Electronics mobil kommunikatsiyalar bo‘linmasining vitse-prezidenti va SmartThings guruhining rahbari Chje Yon Chong (Jaeyeon Jung) . – To‘ldirilgan reallik hamda kartalar va tovushli signallar tufayli SmartThings Find – bu oddiy va ko‘rgazmali yechim bo‘lib, u sevimli devayslarni topishga yordam beradi. Bu faqat UWB texnologiyasi taqdim etishga qodir bo‘lgan yangi mobil tajribaga misollardan biri, xolos».

«Oflayn» «aloqadamas» degani emas

SmartThings Find qurilma internetga ulanmagan bo‘lsa ham uni oson topish imkonini beradi, chunki SmartThings foydalanuvchilari bir-biriga izlashga yordam berish imkoniga ega. Xizmatga ulanish orqali siz nafaqat qurilmalaringizni topishingiz, balki boshqa foydalanuvchilarga qidirishda ham yordam berishingiz mumkin. Gajdet 30 daqiqa davomida avtonom rejimda bo‘lganidan keyin u boshqa devays qabul qilishi mumkin bolgan BLE signalini beradi. Agar devays yo‘qotilgani haqida SmartThings Find yordamida ma'lum qilinsa, shu yaqin-atrofdagi istalgan Galaxy smartfoni yoki plansheti izlashga yordam berishi mumkin, Samsung serveriga o‘zi joylashgan yeri haqida xabar qilib. U yerdan signal yo‘qolgan devays egasiga boradi. SmartThings Find servisining barcha foydalanuvchilik ma'lumotlari shifrlangan va ishonchli tarzda himoyalangan, shu bois qurilma joylashgan yer begonalarga oshkor bo‘lmaydi.

Telefon sozlamalarida oflayn topishni sozlash

Galaxy qurilmalarini izlash uchun batafsil yo‘riqnomalar

Yo‘qolgan gadjetni xaritadagi batafsil yo‘riqnomalar va qurilmaga “qo‘ng‘iroq qilish” imkoniyati tufayli topish qiyin emas. Buning uchun SmartThings Find servisini ochish va topilishi kerak bo‘lgan devaysni tanlashning o‘zi yetarli, shundan so‘ng u joylashgan aniq manzil xaritada ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi kerakli nuqtaga yaqinlashgan holda tovushli signalni yoki to‘ldirilgan realikka asoslangan “Yaqin-atrofdan izlash” funksiyasini yoqishi mumkin: ekranda rangli grafika paydo bo‘ladi, u predmetga yaqinlashishga qarab yorqinroq tusga kiradi.

SmartThings dasturida oflayn topishni sozlash

Foydalanish imkoniyati

 

SmartThings Find servisidan foydalanish imkoniyati SmartThings yangilanganidan keyin ochiladi. Servisdan foydalanishni boshlash uchun ilovaning bosh ekranida pastki qismida joylashgan bannerni bosishning o‘zi yetarli. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasi servis faoliyatini Galaxy SmartTag brelok-metkalari uchun ham imkonli qilgan, ular nafaqat Galaxy qurilmalarini, balki boshqa buyumlarni ham topish imkonini beradi.

SmartThings ilovasi va yangi servis haqida ko‘proq ma'lumotni ushbu havola orqali topish mumkin: www.samsung.com

Ilovani iOS va Android uchun yuklab olish mumkin: iOS uchun | Android uchun

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid