Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LG smartfonlar bozoridan ketishni rejalashtirmoqda
LG kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznesini ziyon ko‘rayotgani sababli yopmoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Kvon Bong-Sokning xodimlarga yo‘llagan maktubiga tayanib Korea Herald nashri xabar berdi.

Foto: REUTERS/Rafael Marchante
Ta'kidlanishicha, LG Electronics bosh direktori 20 yanvarda o‘z xodimlariga maktub yo‘llab, unda kompaniya smartfonlar bozoridan ketmoqchiligidan ogohlantirgan. “Bozorda raqobat juda yuqoriligi sababli, teran qaror va eng yaxshi tanlovni qilish vaqti keldi”, deb ta'kidlab o‘tilgan maktubda.
Kompaniya rahbari voqealar rivojining uch xil varianti ko‘rib chiqilayotganini ma'lum qilgan. Bular: smartfonlar ishlab chiqish va ishlab chiqarish sur'atlarining qisqartirilishi, mobil biznesning sotilishi yoki uning to‘liq yopilishi. U xodimlar bundan xavotirlanmasliklarini, chunki barcha mutaxassislar har qanday holatda ham o‘z ish o‘rinlarini saqlab qolishlarini aytgan.
Ekspertlarning baholashicha, oxirgi 5 yil ichida kompaniyaning mobil bo‘linmasi ko‘rgan zarar 4,5 mlrd dollarni tashkil qilgan. Manbalarning xabar qilishicha, agar bo‘linma yopiladigan bo‘lsa, xodimlarning 60 foizi kompaniyaning boshqa bo‘linmalariga yoki hamkor firmalarga o‘tkaziladi.
Jurnalistlarning ta'kidlashicha, kompaniyaning mobil bo‘linmasi yopilishi mumkinligi haqidagi xabar u yangi smartfonlar yaratish bo‘yicha faol ish olib borayotgan bir vaqtda g‘alati tuyulmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi
O‘zbekiston | 10:46
-
“Isroil mintaqada boshqa qudratli davlat shakllanishini xohlamaydi” - siyosatshunos
Jahon | 10:42
-
Gazdan noqonuniy foydalanib kelgan ko‘p qavatli turar joy binosi aniqlandi
O‘zbekiston | 10:40
-
Hoqon Fidan: Isroil tinchlikni istamaydi, Isroil barqarorlikni xohlamaydi
Jahon | 10:24
Mavzuga oid

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

15:25 / 24.03.2025