Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mojaroli bitimlar, ajrashish va o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylar – 2020 yil fuqarolik sudlarida 291 mingta ish ko‘rib chiqildi
2020 yil mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 291 182 ta ish ko‘rib chiqilgan va 194,7 mlrd. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlarni undirish haqida 96 584 ta sud buyrug‘i chiqarilgan.

Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasining ma'lum qilishicha, ko‘rib chiqilgan 194 598 ta da'vo tartibidagi fuqarolik ishlarining:
- 140 386 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan;
- 24 054 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirish rad qilingan;
- 22 836 tasi bo‘yicha da'volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa;
- 7 322 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Da'vo tartibida ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlaridan:
- 52 898 tasi bitimlarga;
- 39 466 tasi nikohdan ajratishga;
- 20 244 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzishga;
- 2 349 tasi otalikni belgilashga oid va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.
Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlarning:
- 20 139 tasida nikohlar bekor qilingan;
- 14 481 tasida nikohlarni bekor qilish rad qilingan;
- 2 842 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan;
- 2 004 ta da'vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.
Shuningdek, 61 871 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqilib, aholi bilan 2 933 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazilgan.
Bundan tashqari, Oliy sud Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 550 ta ish ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 279 ta qaror bekor qilindi va 48 ta sud qarorlari o‘zgartirildi.
Avvalroq, 2020 yil O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta ish ko‘rib chiqilganini xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonga 3 mlndan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi
O‘zbekiston | 12:33
-
Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi
Jamiyat | 12:32
-
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi
Jahon | 12:30
Mavzuga oid

13:41 / 17.09.2021
Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi

14:49 / 29.05.2021
Toshkentda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan hokimlarning 3ta qarori haqiqiy emas deb topilgan

13:50 / 12.04.2019