2019 yilning birinçi çoragida fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 44 180 ta iş körib çiqildi. Mazkur körsatkiç 2018 yilning şu davriga nisbatan 22,2 foizga kamaygan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati.
 
Hisobot davrida 22 mlrd. sömdan ziyod majburiy tölovlarni undiriş haqida 20 160 ta sud buyruği çiqarildi. Uşbu körsatkiçlar ötgan yilning şu davriga nisbatan summa böyiça 74,8 foizga, sud buyruqlari soni böyiça esa 80,1 foizga kamaygan. 
 
Körib çiqilgan fuqarolik işlari böyiça 38 104 ta hal qiluv qarorlari çiqarildi. Uşbu qarorlar böyiça talablarning 86,2%dan ortiği qanoatlantirildi.
 
16 612 ta fuqarolik işi sayyor sud majlislarida körib çiqildi. Fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan aholi bilan 2 453 ta uçraşuv va oçiq muloqotlar ötkazildi.
 
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 257 ta iş körib çiqildi. Quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 98 ta qaror bekor qilindi va 41 ta sud qarorlari özgartirildi.

Bundan oldin, Özbekistonda yil boşidan beri neça nafar şaxs ozodlikdan mahrum qilingani ma'lum bölgandi.