2020 yilda sudlangan shaxslarning 10 mingdan ortig‘ini yoshlar tashkil qildi
2020 yil O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 38 149 nafar shaxsga nisbatan 30 284 ta ish ko‘rib chiqilgan. 27 999 nafar sudlangan shaxslarning 3 027 nafari ayollar, 10 371 nafari yoshlar tashkil qilmoqda

Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boshqarmasi ma'lum qilishicha, sudlarda 781 nafar shaxs oqlangan va reabilitatsiya qilingan.
2020 yilda sudlangan shaxslar soni 27 999 nafarni tashkil etib, shundan:
- 7 110 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish;
- 19 838 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi;
- 1 051 nafar shaxs shartli hukm qilindi.
Sudlangan shaxslarning:
- 24 972 nafari erkaklar
- 3 027 nafari ayollar,
- 10 371 nafari yoshlar (shu jumladan 499 nafari voyaga yetmaganlar)
- 908 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.
Shuningdek, 3 434 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalidan ozod qilindi, 21 970 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 6 959 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 5 958 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.
222 nafar yoshlarga, 37 nafar ayolga va 1 024 nafar shaxsga kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.
2019 yilga nisbatan ayrim jinoyat turlari, xususan, bosqinchilik, talonchilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish, transport vositasini olib qochish hamda transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish kabi jinoyatlar uchun sudlanganlik ko‘rsatkichlari kamaydi.
Ushbu davrda:
- yarashuv instituti qo‘llanilishi natijasida 8 266 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi
- yetkazilgan 267,1 mlrd. so‘mdan ziyod moddiy zararning o‘rnini qoplagan 2 729 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan.
- 6 681 ta jinoyat ishi, ya'ni barcha ishlarning qariyb 22,1 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan nazorat tartibida 1 523 nafar shaxsga nisbatan 1 214 ta ish ko‘rib chiqildi. 969 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilindi va 385 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

13:49 / 18.06.2025
Denov tuman sudi sobiq raisiga oid jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:40 / 10.06.2025