Navalniyning bu galgi suriştiruvi «Putin uçun saroy. Eng katta pora tarixi» deb ataladi. Suriştiruv Germaniyaning Drezden şahridan boşlanadi. Navalniy Vladimir Putin Germaniyada işlagan vaqtida yaşagan uy va bino oldida turib Rossiyaning amaldagi prezidenti Germaniyada nima iş qilgani haqida gapiradi. Video avvalida ekranda köringan titrda Navalniy avgust oyida şaxsan Vladimir Putinning topşiriğiga köra «Noviçok» bilan zaharlangani aytiladi. Şuningdek, 18 yanvar kuni Rossiyaga qaytişi bilan qölga olingan Navalniy uçun kuraşiş vaqti kelgani aytilib, odamlar 23 yanvar kuni 14:00da köçalarga çiqişga çorlangan.

«Boş qahramon meni qörqdi deb öylamasin»

Navalniy kiriş qismini şunday boşlaydi: «Siz bu videoni körayotganda men allaqaçon Moskvada bölaman. Çunki suriştiruvning asosiy qahramoni bölgan inson (Putin nazarda tutilmoqda) uning eng katta siri haqida xorijda turib gapirayotganim sabab meni qörqoqlikda ayblaşini istamayman. Bugungi filmda oddiy sovet ofitseri qanday qilib aqldan ozdirar darajada boyib ketgani haqida hikoya qilamiz».

Navalniy Putin Germaniyadagi xizmat faoliyati vaqtida yaşaganini aytgan uy oldida turib gapirar ekan, uni sayyoraning eng boy odami deb ataydi. U Putinning Germaniyadagi faoliyati haqida şunday deydi: «KGBning oddiy ofitseri Vladimir Putin Drezdenga 1985 yilda kelgan. Putin biz u haqda «Vau, razvedçik!» deb öylaşimizni istaydi, lekin aslida bunday emas. U KGBning öşa davrdagi döst mamlakat bölgan Şarqiy Germaniyadagi (Germaniya demokratik respublikasi) rasmiy vakili bölgan. Hatto yaşirin bölinmada ham barça taniydigan rasmiy vakil bölgan. Hozir köpçilik Putinning öşa davrdagi faoliyatini romantiklaştirib «U duşmanning içiga sezdirmay kirgan», deb alqaşadi, biroq u mana bu şinamgina binoda özi kabi qator bekorçilar bilan birga vaqt ötkazgan. Ular bir-birlariga sovğa beriş bilan band bölişgan. Xuddi hozirgi kabi».

Navalniy ayni damda Rossiyadagi «Transneft» kompaniyasi rahbari Nikolay Tokarev ham Putin bilan birga KGBning Drezdendagi vakolatxonasida işlaganini aniqlagan. Navalniyning aytişiça, Tokarev Federal xavfsizlik xizmatida (FXX) işlaganini tan olmagan, lekin u iste'fodagi FXX generali ekani ma'lum. Video davomida Navalniy Putin aynan Drezdenda kelajakdagi faoliyati poydevorini qurganini aytadi. Uning iddaosiça, Rossiyaning amaldagi yetakçisi quyidagi şiorlarni hayotining muhim omillari deb hisoblagan: 1. Doim bir gapni aytib, boşqasini qil; 2. Korrupsiya – işonç garovi; 3. Asosiysi, pul heç qaçon keragidan ortiq bölmaydi.