Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron aviakompaniyasi Samarqand va Buxoroga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi
Transport vazirligida Eronning “Zagros Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qilmoqda.
Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va “Zagros Airlines” aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Murtazo Shayxhassaniy o‘zaro muloqotda ikki davlat o‘rtasida muntazam havo qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama qildi.
Shuningdek, aviakompaniya vakillari yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirish, tranzit salohiyatini rivojlantirish va parvozlar sonini oshirish bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.
“Zagros Airlines” aviakompaniyasi Eronning turli shaharlaridan Samarqand va Buxoroga aviareyslar qo‘yish istagida ekanligini ma'lum qildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
22:46 / 27.05.2026
Tramp Eron bilan muzokaralardan norozi va zarbalar qayta boshlanishiga ishora qildi
10:25 / 27.05.2026
AQSh kelishmoqchi, Eron o‘ylanyapti, Isroil asabiylashmoqda
21:15 / 26.05.2026
Eronda internet qisman tiklandi
10:06 / 26.05.2026