Jahon | 19:40 / 23.01.2021
3618
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada "Sputnik V" vaksinasi ishlab chiqariladi

Qayd etilishicha, yiliga bir necha million doza vaksina ishlab chiqariladi, kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. 

Foto: Reuters

Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi Turkiyada "Sputnik V" koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarishga kelishib oldi, deb xabar berdi TASS.

 "RTTIF Turkiyaning farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonasi bilan Turkiyada Sputnik V vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi", - deyiladi xabarda.

 Qayd etilishicha, yiliga bir necha million doza vaksina ishlab chiqariladi, kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. 

 Fondning ma'lumot berishicha, vaksinalar Turkiya ichki bozoriga hamda boshqa mamlakatlarga yetkazib beriladi.

"Sputnik V" vaksinasi Rossiya, Vengriya, Belarus, Argentina, BAA, Serbiya, Boliviya, Jazoir, Falastin, Venesuela, Paragvay va Turkmanistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid