Nozim Husanov: Taksichilik faoliyatini soddalashtirish masalasiga 2021 yilda yechim topilishi mumkin
O‘zbekistonda taksichilikni litsenziya talab qilinuvchi faoliyat turlari ro‘yxatidan chiqarish masalasi 2021 yilda hal etilishi mumkin.
Bu haqda mehnat vaziri Nozim Husanov matbuot anjumanida jurnalist savoliga javoban shunday deb ma'lum qildi.
Vazirning aytishicha, bu faoliyat inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liq va dunyoning aksar davlatlarida litsenziyalanadi.
«2020 yil avgust oyidan o‘zini-o‘zi band qilish tizimi takomillashtirildi. Bugungi kunga kelib, 67 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolar onlayn tartibda Davlat soliq qo‘mitasi saytida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritishlari mumkin.
Buning afzal tomoni shundaki, fuqaro belgilangan yillik to‘lovini to‘lasa, unga yillik pensiya staji qo‘shilib boradi. O‘tgan yili bu BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning 50 foiz (223 000 so‘mning yarmi, ya'ni 111 ming 500 so‘m) miqdorida edi, bu yil bu raqam 1 baravari miqdorida belgilandi (1 fevraldan 245 ming so‘m).
Ya'ni, fuqaro bir yilga 245 ming so‘m to‘lasa, kelgusida unga pensiya hisoblashda stajini inobatga olishga asos bo‘ladi.
O‘zimga ham, taksichilardan, taksichilikni litsenziya talab qilinmaydigan faoliyat turiga kiritaylik, degan takliflar kelib turadi.
Lekin, bu borada xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganib chiqilganida, ularning aksariyatida bu faoliyat litsenziyalashtirilgan. Taksichilarga qator talablar bor. Chunki, bu masalada eng asosiy jihat inson hayoti va salomatligi bilan bog‘liqdir. Biz shu tomonini e'tiborga olishimiz kerak.
Bu masalada ko‘plab muhokama-muzokaralar olib borilyapti. O‘ylaymanki, 2021 yilda bu mavzuga ham huquqiy yechim topilsa kerak», - dedi Nozim Husanov.
Mavzuga oid
12:19
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
18:50 / 29.10.2024
Toshkentda ikki talaba taksichini o‘ldirib, mashinasini olib qochmoqchi bo‘ldi
07:50 / 25.10.2024