Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florida shtati bu yilgi Olimpiadaga Tokio o‘rniga mezbonlik qilish taklifi bilan chiqdi
Yozgi Olimpiada o‘yinlari 2020 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar 2021 yilga qoldirilgandi.
AQShning Florida shtati moliya boshqarmasi boshlig‘i Jimmi Patronis Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga (XOQ) yozgi Olimpiada o‘yinlarini Yaponiyadan AQShga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqdi.
"Sizlarni 2021 yilgi Olimpiadani Yaponiyadan AQShga, aniqrog‘i, Floridaga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqiraman", - deyiladi Patronisning XOQ rahbari Tomas Bahga yo‘llangan maktubida.
Patronisning qo‘shimcha qilishicha, Florida bunday yirik tadbirni o‘tkazish uchun zarur imkoniyatlarga, xususan, rivojlangan transport tizimi va sport obektlariga ega.
U shuningdek, shtatda hattoki pandemiya davrida ham sport tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berilganini ta'kidlagan.
O‘tgan haftada Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibining o‘rinbosari Manabu Sakai Yaponiya hukumati Tokiodagi Olimpiada o‘yinlarini 2032 yilga ko‘chirishga qaror qilgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni rad etgandi.
Yozgi Olimpiada o‘yinlari 2020 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha Tokioda bo‘lib o‘tishi lozim edi, ammo koronavirus pandemiyasi sababli o‘yinlar 2021 yilga qoldirilgandi. Olimpiada shu yilning 23 iyulidan 8 avgustigacha, Paralimpiada esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026