O‘zbekiston | 07:46 / 27.01.2021
8943
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonda bahor faslidek iliq ob-havo bo‘ladi 

27 yanvarda kunduz kuni O‘zbekistonda bahor faslidek iliq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». 

Havo kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishda esadi. Havo 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 2-7 darajagacha ko‘tariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid