Özgidromet prognoziga köra, bugun va dam oliş kunlari Özbekiston hududi böylab issiq yanada kuçayadi. Kunduzi havo harorati 42–45 darajagaça, janubiy va çöl hududlarda esa 46–48 darajagaça kötarilişi mumkin.
Şamol tezligi sekundiga 9–14 metrni taşkil etadi. Ayrim joylarda u 15–18 metr/sekundgaça kuçayişi, şimoliy, janubiy va çöl hududlarida esa ba’zida 20–22 metr/sekundgaça yetib, çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli bor.
20 iyul, duşanba kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq saqlanib qoladi. Faqat mamlakatning şimoli-ğarbiy hududlarida havo harorati pasayişi boşlanişi kutilmoqda.
21 iyul, seşanba kuni esa issiq butun respublika böylab asta-sekin çekina boşlaydi. Prognozlarga köra, havo harorati örtaça 6–9 darajaga pasayadi.
Toşkent şahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun kunduzi havo 41–43 daraja, şanba va yakşanba kunlari esa 43–45 darajagaça isiydi. Keçasi havo harorati 25–28 daraja atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.












