Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Saudiya Arabistoni va BAAga qurol sotishni to‘xtatdi
Foto: AP
AQSh prezidenti Jo Bayden ma'muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan bitimlar tekshirilib chiqqunga qadar Saudiya Arabistoni va BAAga qurol sotishni to‘xtatdi. Bu haqda rasmiy shaxslarga tayanib The Wall Street Journal (WSJ) nashri xabar berdi.
Gap Saudiya Arabistoniga yuqori aniqlikdagi qurol va BAAga F-35 qiruvchi samolyotlari sotish haqida bormoqda.
Hozirda Bayden ma'muriyati Donald Tramp prezidentligi vaqtida tuzilgan ko‘p milliard dollarlik bitimlarni tekshirmoqda. Vashington BAA va Isroil o‘rtasida munosabatlar yaxshilanishi haqida kelishuv imzolangandan keyin Abu-Dabiga F-35’larni sotishga rozi bo‘lgan. AQShning yangi ma'muriyati esa ushbu qurol Yamanda qo‘llanmasligiga ishonch hosil qilmoqchi.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh BAAga 50ta qiruvchi samolyot va 18ta dron yetkazib berishi kerak. Ushbu bitim Bayden prezident lavozimiga kirishishiga bir soat qolganda imzolangan.
Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
08:43 / 23.05.2026
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026