Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone va iPad egalariga xakerlardan himoyalanish uchun sozlanmalarni yangilash tavsiya qilindi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad gadjetlari egalarini qurilmalardagi xakerlar tomonidan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun sozlanmalarni yangilashga chaqirdi. Bu haqda Apple’ning qo‘llab-quvvatlash xizmati saytida ma'lum qilingan.
Kompaniya iOS operatsion tizimi foydalanuvchilariga xavfsizlik tizimida ikkita xavf borligini ma'lum qildi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, veb-brauzerning rendering mexanizmi WebKit bilan bog‘langan xavf xakerlarga masofadan turib qurilmaga kirish imkonini bergan. Bu xakerlar foydalanuvchilarning telefonlarini masofadan nazorat qila olishi mumkinligini va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish qurilmaning uzoq vaqt “osilishi”ga olib kelganini anglatadi.
Ikkinchi xavf esa iOS’ning yadrosiga taalluqli bo‘lgan.
“Yadro operatsion tizim miyasining bir qismi hisoblanadi. U eng himoyalangan bo‘lishi kerak. Bu jiddiy muammo ekanini bilasiz”, deb aytgan kiberxavfsizlik bilan shug‘ullanuvchi Luta Security firmasi bosh direktori Keti Mussuris.
Apple operatsion tizimning oxirgi yangilanmasida muammoni tuzatganini va iOS hamda iPadOS foydalanuvchilarini xakerlardan himoyalanish uchun o‘z qurilmalaridagi sozlanmalarni yangilashga chaqirgan. Yangilanma iPhone 6’dan boshlab yuqoriroq versiyadagi qurilmalar uchun mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
18:14 / 18.06.2026
Apple smartfonlari qimmatlaydi - Tim Kuk buning sababini tushuntirdi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026