O‘rtoqlik uchrashuvi. «Paxtakor» «Spartak» bilan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekistonning amaldagi chempioni «Paxtakor» Dubayda Moskvaning «Spartak» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda Moskva klubi safidagi o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov jarohati sababli maydonga tusha olmadi.
O‘yinda hisob «Paxtakor» futbolchilari tomonidan ochildi. Erkinovga nisbatan jarima maydoni ichida ishlatilgan qo‘pollikdan keyin belgilangan penaltini Dragan Cheran golga aylantirdi – 1:0.
30-daqiqada moskvaliklar yarimhimoyachisi Kral chamasi 25 metrlardan Eldor Suyunov qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.
87-daqiqaga kelib «Paxtakor» durangni ham qo‘ldan chiqardi. Roman Zobnin Rossiya klubining g‘alaba goliga mualliflik qildi – 1:2.
O‘rtoqlik uchrashuvi. Dubay.
«Paxtakor» - «Spartak» (Moskva) – 1:2
Bosh hakam: Dushan Dmitriyevich (Serbiya).
Gollar: Dragan Cheran 7 penaltidan – Kral 30, Zobnin 87.
«Paxtakor»: Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Shahzod Azmiddinov, Anzur Ismoilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Odil Hamrobekov, Diyor Xolmatov, Hojimat Erkinov, Dragan Cheran, Azizbek Turg‘unboyev, Eren Derdiyo‘q.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Canjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Abrorbek Ismoilov, A'zamov, Komilov, Sobirxo‘jayev, Hamrobekov, Roziyev, Temirov, Erkinov, Yo‘ldoshev.
«Spartak»: Maksimenko, Jigo, Jikiya, Ayrton, Yeshenko, Xendriks, Kral, Ignatev, Bakayev, Pedro Rocha, Ponse.
«Spartak» (2-bo‘limda): Selixov, Kutepov, Maslov, Gaponov, Mozes, Markitesov, Zobnin, Umarov, Larsson, Sobolev, Pedro Rosha.
Eslatib o‘tamiz, «Paxtakor» avvalgi o‘yinda Rossiyaning «Zenit» klubiga yirik – 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.
Tavsiya etamiz
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:08
-
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
Jahon | 22:36
-
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi
Jahon | 22:14
-
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025