Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyadagi qariyalar uyida yashovchilarning barchasida vaksina bilan emlanganidan so‘ng koronavirus aniqlandi
Qariyalar uyi rahbariyatining ta'kidlashicha, emlash vaqtida barcha sanitariya me'yorlariga amal qilingan.
Ispaniyaning Latartera shahridagi qariyalar uyida yashovchilarning barchasi COVID-vaksina bilan emlanganidan so‘ng koronavirusga chalindi. Yetti kishi vafot etdi, deb yozmoqda La Vanguardia.
Xabar qilinishicha, qariyalar Pfizer kompaniyasi vaksinasi bilan emlangan. Shundan keyin muassasada yashovchi 78 kishining barchasida koronavirus aniqlangan.
Ular vaksinaning birinchi dozasini 13 yanvarda olishgan.
"Olti kundan keyin 10 kishida dastlabki simptomlar paydo bo‘la boshladi", - degan muassasa ma'muriyati vakili.
Qariyalar uyi rahbariyatining ta'kidlashicha, emlash vaqtida barcha sanitariya me'yorlariga amal qilingan. Pandemiya boshlanganidan buyon bu yerda birorta ham kasallikka chalinish holati bo‘lmaganligi aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026