Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya fuqaroligini olayotgan o‘zbekistonliklar soni sezilarli o‘sishda davom etmoqda
2020 yilda 23 ming nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi. Bu – bir yil oldingiga nisbatan 60 foizga, ikki yil oldingi nisbatan ikki barobarga ko‘p.
Foto: RIA Novosti
2020 yilda xorijliklarning Rossiya fuqaroligini qabul qilishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi.
Rossiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda 656 347 nafar xorijlikka fuqarolik berilgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich 497 817 nafarni tashkil etgandi.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligidan ma'lum qilishlaricha, o‘tgan yili Rossiya pasportiga ega bo‘lganlarning 3,5 foizi yoki 23 ming nafari – O‘zbekistonning sobiq fuqarolaridir.
Taqqoslash uchun, 2019 yilda Rossiya fuqaroligini olgan o‘zbekistonliklar soni 14 ming nafarni (2018 yilga nisbatan 48 foizga ko‘p) tashkil etgandi.
2020 yilda Tojikistondan 63,4 ming, Qozog‘istondan 43,4 ming kishi Rossiya fuqarolari safiga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga asosan, bir shaxs ham O‘zbekiston, ham boshqa davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga oid
10:51
AQSh va RF Jyenevada yadroviy qurollar bo‘yicha shartnomani muhokama qildi
22:55 / 23.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yili - suratlarda
12:48 / 23.02.2026
Orban: Vengriya RFga qarshi 20-sanksiyalar paketini to‘sib qo‘yadi
11:02 / 23.02.2026