Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgani ma'lum bo‘ldi
Foto: RIA Novosti
2019 yilda 2018 yilga nisbatan 48 foizga ko‘proq chet elliklar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva» yozmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan nashrga aniqlik kiritishlaricha, Rossiya Federatsiyasining yangi 285 ming fuqarosidan 146 mingi Ukraina fuqarolari, 35 mingi Qozog‘iston, 30 mingi Tojikiston, 17 mingi Armaniston, 14 mingi O‘zbekiston, 11,5 mingi Moldova fuqarolaridir.
Chet el fuqarolarining ko‘pchiligi Rossiya pasportini Rostov oblastida (71 ming), Moskva va Moskva oblastida (mos ravishda 10 va 18 ming), Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida (har biri 10 mingdan) olgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e'lon qilgandi.
«Ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini bekor qilish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilmoqda», - deya aytib o‘tilgan ma'lumotda.
Mavzuga oid
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
22:15 / 22.04.2026