15:23 / 03.02.2021
11495

Bayden yangi farmonlari bilan Trampning migratsiya siyosatini o‘zgartirib yubordi

Baydenning va'da berishicha, avvalgi prezidentning ko‘plab qarorlari tekshiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Jo Bayden uchta farmoni bilan Tramp ma'muriyati davrida amal qilgan migratsiya siyosatini o‘zgartirib yubordi, deb yozmoqda DW.

 U birinchi qadam sifatida chegarani noqonuniy kesib o‘tish chog‘idan ushlangan migrantlar oilalarini birlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tuzilganini e'lon qildi. Tramp davrida bunday migrantlarni farzandlaridan ajratib qo‘yish amaliyoti mavjud edi.

Baydenning keyingi qadamlari migrantlarning Amerika fuqaroligini olishlarini yengillashtirish va ularni migratsiyaga majbur qilgan sabablarga qarshi kurashishga qaratilgan. U Donald Tramp siyosatini "milliy sharmandalik" deb atadi. Baydenning va'da berishicha, avvalgi prezidentning ko‘plab qarorlari tekshiriladi va qayta ko‘rib chiqiladi.

Ta'kidlanishicha, Bayden prezident sifatidagi ilk farmonlari bilan AQShning butun ichki va tashqi siyosatini o‘zgartirishga tayyorligini ko‘rsatdi: mamlakatning iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga qaytishi, AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqish jarayonining to‘xtatilishi hamda Meksika bilan chegarada devor qurilishiga chek qo‘yilishi shular jumlasidandir.

Mavzuga oid
Top