Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi
Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Qayd etilishicha, ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 10-15 daraja iliqqacha isiydi.
Poytaxtda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol biroz 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 12-14 daraja iliqni tashkil etadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.