O‘zbekiston | 21:38 / 04.02.2021
10579
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Agentlik o‘zbekistonliklarni so‘nggi kunlarda Rossiyaning turli hududlarida davlat rasman ruxsat bermagan ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka, Rossiya qonunlariga rioya etishga va odamlar ko‘p to‘planayotgan joylarga bormaslikka chaqirgan.

«Bu kabi rasman ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin», deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Germaniyadan qaytgach qamoqqa olingach, uning tarafdorlari har haftaning yakshanba kunlari norozilik namoyishlari o‘tkazishmoqda. 31 yanvar kuni ham Rossiyaning turli shaharlarida, xususan, Moskvada, Sankt-Peterburg, Krasnoyarsk, Nijniy Novgorod, Tver va boshqa shaharlarda Navalniyni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilgan aksiyalarda 5 mingdan ortiq kishi qo‘lga olindi.

Mavzuga oid

E`lonlar