Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi 2022 yilda mehnat migratsiyasi geografiyasini yangi bosqiçga kötariş, xorijdagi mehnat migrantlarini huquqiy, moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yölga qöyişda samarali işlar olib bordi.

Jumladan, Rossiyada qöşimça 20 ta, ilk marotaba Qozoğiston va Turkiyada 4 ta Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari faoliyati taşkil etildi. Xorijdagi vakolatxonalar tomonidan taşqi mehnat bozoridagi 112 ta yirik iş beruvçilar va rekruting agentliklari bilan taşqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik böyiça şartnomalar tuzilib, 15 mingdan ortiq böş iş örinlari aniqlandi.
xorijlik iş beruvçilar talablari asosida kasbga va xorijiy tillarga öqitiş orqali migrantlarni doimiy daromad keltiradigan mehnatga jalb qiliş yölga qöyildi. “Işga marhamat” monomarkazlar, kasbga öqitiş markazlari, çet tillariga öqitiş kurslari, mahallalardagi öqitiş maskanlari va nodavlat ta’lim muassasalarida kasb-hunar va çet tillariga öqitiş imkoniyatlari yaratilib, 55 ming 377 nafar fuqaro öqitildi.

Bugungi kunda Agentlikning Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Turkiya, Polşa, Latviya, Çexiya, Bolgariya, Kuvayt, Germaniya, Janubiy Koreya, Şveytsariya, Niderlandiya, Malayziya, Slovakiya, Xorvatiya, Serbiya, Saudiya Arabistoni, Çexiya va yana dunyoning boşqa mamlakatlaridagi 500 dan ortiq iş beruvçi va rekruting agentliklari bilan kelişuvlari mavjud.
2022 yilda 36 ming nafarga yaqin fuqaro Rossiya, Koreya, Qozoğiston, Germaniya, Serbiya, Yaponiya, Angliya, Turkiya kabi xorijiy davlatlarda taşkiliy va manzilli tartibda işga joylaştirildi.

Ötgan yil davomida xorijiy davlatlarda bölib turgan 308 mingdan ortiq mehnat migrantiga turli xizmatlar körsatildi. Jumladan, 1 ming 424 nafariga 72 ming 34 AQŞ dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi, 1 ming 397 nafar oğir ahvolga tuşib qolgan fuqaro Özbekistonga qaytarildi, 7 nafar fuqaroning 72,1 million sömlik tibbiy xarajatlari qoplab berildi. Şuningdek, 285 nafar boşpanasiz qolgan fuqaro xostellarga joylaştirildi va 3 mahal oziq-ovqat bilan ta’minlandi, 14 ming nafar fuqaroga huquqiy, 20 ming nafar fuqaroga ijtimoiy yordamlar körsatildi.














