O‘zbekiston | 14:56 / 05.02.2021
29453
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Biz asrab-avaylab tarbiya qilgan hokimlarimizni hech qachon xor qilmasligimiz kerak»

Farg‘ona shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, sessiyada prezident Shavkat Mirziyoyev kadrlar masalasi haqida gapirdi.

"Ilgari hokimni qo‘yayotganda qarsak chalardik, yomonlab ishdan olardik, ishdan olganimizdan keyin unutib yuborar edik. Bu noto‘g‘ri. Hokim lavozimni tortmasa, ko‘chaga tashlab qo‘yish kerak emas.

Bitta rahbarni tayyorlashga 20 yil ketadi. Biz asrab-avaylab tarbiya qilgan hokimlarimizni hech qachon xor qilmasligimiz kerak. Hokim, shu elning yo‘lboshchisi bo‘lgan odamning hammamiz hurmatini ham joyiga qo‘yishimiz kerak.

Farg‘onada shuncha yil ishlagan odamni Toshkentda rahbarlik qilishi, o‘ylaymanki, bu birinchi tajriba. Shu tajriba boshqa viloyatlarga ham yuqsin. Bugun butun respublikamiz ko‘radi, ilohim, shu tajribadan amalda viloyat, tuman hokimlari ham o‘zlariga xulosa qilsa men rozi bo‘lardim. Baribir mehnat qilgan odam hech qachon xor bo‘lmasligi kerak", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev haqida gapirib, u halol odamligini aytgandi.

Mavzuga oid