Mansabdorlarning intervyuga doir so‘rovlarni ko‘rib chiqishi muddati maqbullashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, tuman budjeti xarajatlarini shakllantirishda mahalliy aholi va jamoatchilikning ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi hamda 2021 yil 1 aprelga qadar bu borada prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.
Loyihada 2021 yilda tajriba tariqasida har bir hududda bittadan shahar yoki tuman budjet xarajatining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib tajribadan o‘tkazilishi, 2022 yildan esa barcha tuman va shaharlar uchun ushbu tartib joriy etilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
- ochiq e'lon qilinishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatini kengaytirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ochiqligi konsepsiyasini ishlab chiqish;
- har yil yakunlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksini aniqlash;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan veb-saytlariga joylashtiriladigan axborotni yangilab borish davriyligi muddatini qayta ko‘rib chiqish;
- ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovini ko‘rib chiqishga doir muddatlarini maqbullashtirish;
- «Ochiq va hisobdor hukumat» g‘oyasini amalga oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish nazarda tutiladi.
Ma'lumot uchun, 2007 yilda yangi tahrirda qabul qilingan amaldagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» qonunning 35-1-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot olishga doir, shuningdek, mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to‘g‘risidagi so‘rovi ko‘pi bilan yetti kun muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Tavsiya etamiz
So‘nggi yangiliklar
-
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 08:40
-
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
Jahon | 08:25
-
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 08:02
-
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
Jahon | 07:52
Mavzuga oid

07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi

07:56 / 18.07.2024
O‘zbekistonda mansabdorlar ko‘proq qanday jinoyat sodir etayotgani aytildi

08:32 / 29.03.2024
Ratsiyalardan tegishli ruxsatnomasiz foydalangan mansabdor shaxsga chora ko‘rildi

08:04 / 29.11.2023