Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax va Farğona viloyatlarida qonunbuziliş holatlarini aniqladi.
DXX axborot xizmatiga köra, Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hokimligi mansabdor xodimi xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorning işonçiga kirgan. Xususan, hokimlik xodimi tadbirkorga tuman melioratsiya bölimi balansida bölgan 45 sotix yer maydonini özining yaqin aloqalari orqali olib beriş hamda uning 24 yoşli tanişini MÇJga işga kiritib qöyişni aytadi. Bularning evaziga tadbirkordan 500 dollar talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u söralgan pul mablağini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, hokimiyat vakili uşbu masalalarni hal qilib beriş bahonasida avval ham 3,5 mln söm olib, şaxsiy ehtiyoji uçun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Boşqa holatda esa Özbekistondagi tijorat banklaridan birining Farğona bank xizmatlari markazi rahbari öz xizmat mavqeyidan foydalanib, tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi bölgan fuqaroning işonçiga kiradi.
Mansabdor şaxs bankning boş ofisidagi tanişlari orqali unga 2,5 mlrd söm miqdorida kredit ajratib beriş evaziga kreditning 5 foizini, ya’ni 125 mln söm talab qiladi.
DXX va prokuratura departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori söralgan pul mablaği hisobidan 10 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Idora, fuqarolar şu kabi qonunbuziliş holatlariga duç kelganida, DXXning 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib, xabar berişni söragan. Xabar bergan şaxsning ma’lumotlari sir saqlanişi kafolatlanadi.













