O‘zbekiston | 07:53 / 08.02.2021
5352
1 daqiqa o‘qiladi

8 fevral kuni O‘zbekistonda nam va iliq ob-havo saqlanib turadi 

8 fevralda kunduz kuni O‘zbekistonda yilning shu davri uchun nam va deyarli iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 10-12 daraja iliqqacha isiydi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘larda qorga aylanadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol biroz 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid