Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Ayollarning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, oilaning, mahallaning, umuman, vatanimizning kayfiyati yaxshi bo‘ladi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona tumanidagi «Vodiy Shoes» fabrikasiga ham bordi.
«Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, davlat rahbari fabrika faoliyatini ko‘zdan kechirish jarayonida yo‘l-yo‘lakay ro‘para kelgan har bir kishi bilan salomlashib, so‘rashib bordi.
«Kayfiyatlaring yaxshimi? Sizlarning kayfiyatlaring a'lo bo‘lsa, mening eng katta baxtim shu. Mana, ayollarga shuncha e'tibor beryapmiz, bu bejiz emas. Sizlarning kayfiyatlaring yaxshi bo‘lsa, oilaning kayfiyati yaxshi bo‘ladi, oilaniki bo‘lsa - mahalla, mahalla bo‘lsa - tumanniki, umuman, vatanimizning kayfiyati yaxshi bo‘ladi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari mutasaddilarga xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, eng muhimi, bozor topish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026