Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel YeI Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishi mumkinligini aytdi
Rossiyaga nisbatan navbatdagi qadamlar 22 fevralda bo‘lib o‘tadigan YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida va Yevropa kengashining mart oyidagi yig‘ilishida muhokama qilinadi.
Foto: EPA/Vostock-photo
Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel ittifoqqa a'zo mamlakatlar Rossiyaga nisbatan navbatdagi qadamlarni muhokama qilishini ma'lum qildi.
"Birinchi navbatda, 22 fevralda bo‘lib o‘tadigan YeI mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida va Yevropa kengashining mart oyidagi yig‘ilishida buni muhokama qilamiz. Biz oldinga harakat yo‘lini taqdim etamiz va a'zo mamlakatlar navbatdagi qadamlar to‘g‘risida qaror qabul qiladi", - dedi u.
Borrelning ta'kidlashicha, "Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kiritish masalasi muhokama qilinadi".
Avvalroq Yevropa parlamentining bir guruh deputatlari Jozep Borrelning Rossiyaga tashrifidan so‘ng uning iste'fosini talab qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Ularning fikricha, YeI diplomatiyasi rahbarining Moskvaga safari muvaffaqiyatsiz bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:48
Orban: Vengriya RFga qarshi 20-sanksiyalar paketini to‘sib qo‘yadi
11:02
Eron Rossiyadan zenit-raketa komplekslari va minglab raketalar sotib oladi
16:18 / 21.02.2026
Xitoy dronlarni Rossiyaga Tailand orqali yetkazib berishni boshladi
14:13 / 21.02.2026