O‘zbekiston va YeI o‘rtasida yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarning yettinchi raundi boshlandi
8 fevral kuni videokonferensiya formatida savdo masalalari bo‘yicha ishchi guruhlar doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) bo‘yicha muzokaralarning yettinchi raundi boshlandi. «Dunyo» AA xabariga ko‘ra, muzokaralar 12 fevralga qadar davom etadi.
Tadbirga O‘zbekiston investitsiya va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Obidov hamda Yevropa Komissiyasining Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, Turkiya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo bo‘yicha bosh direktori Timo Hammaren raislik qiladi.
Bundan tashqari, muzokaralarda respublikaning turli vazirlik va idoralari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashkilotlari vakillari ishtirok etadi. Muzokaralar davomida tomonlar shartnoma loyihasining savdo masalalariga bag‘ishlangan bo‘limlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, muzokaralarning oltinchi raundi 2020 yil 14-18 sentyabr kunlari videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq, O‘zbekiston hukumati 2021 yilning 1 iyuniga qadar Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona to‘lovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar bo‘yicha eksport qilish imkoniyatini beruvchi Yevropa Ittifoqining GSP+ tizimiga doir imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha dastur ishlab chiqishi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:44 / 22.12.2024
YeI Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabat bilan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
16:46 / 16.12.2024
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 15-paketini qabul qildi
22:41 / 11.12.2024