Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vaqf» fondi Jo‘ybori kalon ayol-qizlar madrasasining 10 nafar qoriyasini taqdirladi
«Vaqf» fondi Buxorodagi Jo‘ybori kalon ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtining 2020/21 o‘quv yilida Qur'oni karimni to‘liq yod olgan 10 nafar talabasini taqdirladi.
Foto: Vaqf fondi matbuot xizmati
8 fevral kuni fond rahbari Yahyo qori Abdurahmonov homiylar hisobidan talabalarga bir yillik shartnoma pullari to‘langani haqidagi 88 mln so‘mlik sertifikatni taqdim etdi.
Shuningdek, mazkur madrasa ustoz va talabalari uchun 30 498 500 so‘mlik diniy-ma'rifiy va badiiy kitoblar madrasa kutubxonasiga xayriya qilindi.
Fond matbuot xizmati xabariga ko‘ra, diniy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini qo‘llab-quvvatlash – «Vaqf» fondining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Mavzuga oid
19:17 / 04.03.2021
«Vaqf» fondi Qoraqalpog‘istonning ichimlik suviga muhtoj hududlarida quduq qazdiradi
17:36 / 03.03.2021
«Vaqf» fondi: Koronavirus sabab vafot etgan imom-noibning oilasiga uy hadya qilindi
16:56 / 25.02.2021
«Vaqf» fondi «Yaxshilik qil» ijodiy ishlar tanlovini e'lon qildi
20:20 / 18.02.2021