O‘zbekiston | 08:01 / 10.02.2021
3285
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi 

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Beqarorlik faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kutilmoqda, bu yerda ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kun davomida 12-17 daraja iliqni tashkil etadi.

Poytaxtda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid