Koreya kompaniyasining Samarqandda golf maydoni qurish rejasini viloyat hokimligi maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan

Foto: Dunyo AA
Janubiy Koreyaning «Hanshin Engineering & Construction Co. Ltd.» kompaniyasi Samarqand viloyatida umumiy qiymati 800 million dollarga teng xalqaro standartlarga mos keladigan golf maydoni qurishni rejalashtirgan. Viloyat hokimligi Koreya kompaniyasining mazkur loyihasini tashabbuskor tomon sug‘oriladigan maydondan yer so‘ragani uchun maqsadga muvofiq emas deb hisoblaganini ma'lum qildi.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hokimlik mazkur loyiha bo‘yicha Koreya kompaniyasi bilan 2019 yilda muzokaralar olib borgan va o‘shandayoq tashabbuskor tomonga sug‘oriladigan yerdan joy so‘ralgani uchun loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi bildirilgan.
«Samarqand viloyat hokimligi 2019 yilda tashabbuskor tomon sug‘oriladigan maydondan yer so‘ragani uchun mazkur loyihani maqsadga muvofiq emas, deb ma'lum qilgan. Ushbu loyiha doirasida viloyat hokimligi hech qanday hujjatni tasdiqlamagan. Sug‘oriladigan maydonlarni qurilish yoki boshqa maqsadlar uchun ajratish viloyat hokimligi vakolatiga kirmaydi», – deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati taqdim etgan ma'lumotda.
Qayd etilishicha, Koreya kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirish uchun Samarqand viloyati hisobidan 270 gektar maydon ajratishni so‘ragan. Loyihada 194 gektarga golf maydoni va unga tashrif buyuruvchilar uchun turar joy, 6 gektarga xalqaro maktab, 7 gektarga savdo-ko‘ngilochar markaz, shuningdek, 55 gektarga ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
«Dunyo» AAning xabar berishicha, kompaniya rahbari Choi Mun Gyu boshchiligidagi delegatsiya 12-19 fevral kunlari O‘zbekistonga kelib, loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Koreya kompaniyasi tomonidan Qo‘qondagi 34 gektar maydonda «Qo‘qon-city» turar joy majmuasi qurilishi taklifi ham bildirilgan.
Mavzuga oid

18:48 / 20.02.2025
Seulda Janubiy Koreya prezidenti ustidan sud boshlandi

13:26 / 20.02.2025
Janubiy Koreya sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirmoqda

20:47 / 19.02.2025
Janubiy Koreya Ukrainada asirga tushgan KXDR askarlariga himoya taqdim etishga tayyor

08:36 / 19.02.2025