O‘zbekiston | 12:46 / 12.02.2021
8973
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi - «O‘zgidromet»

Bugun quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Xorazm viloyatida bulutlilik ko‘payishi hisobiga biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. 

Foto: Livejournal

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, harorat foni iqlimiy me'yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va 15-20 daraja iliq, janubda 20-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga bulutli massiv janubi-sharq tomonga siljidi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Dam olish kunlariga o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me'yordan 10-12 darajaga ko‘p bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid