Koronavirusning odamga yuqishining eng yuqori ehtimolga ega versiyasi ma'lum qilindi
Katta ehtimollik bilan koronavirus odamga ko‘rshapalaklardan o‘tgan. Bunday fikrni JSST mutaxassisi Piter Daszak The New York Times nashriga bergan intervyusida bildirdi.
Daszakning fikricha, koronavirus dastlab Janubi-Sharqiy Osiyo yoki Janubiy Xitoyda ko‘rshapalaklarda paydo bo‘lgan. So‘ngra virus ko‘rshapalakdan yovvoyi hayvonlar fermasi ishchilaridan biri yoki u yerda boqiluvchi jonzotlar - bo‘rsiq, sassiqkuzan, yenotsimon it va tsivetaga yuqqan bo‘lishi mumkin.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, JSST mutaxassislari va xitoylik tadqiqotchilarning birgalikdagi muhokamasi davomida koronavirusning odamga yovvoyi hayvonlardan oraliq tur orqali yuqqani versiyasi eng ko‘p qo‘llab-quvvatlov olgan.
Daszakning aytishicha, JSST ekspertlari Xitoyga tashrif vaqtida ba'zi bemorlarning shaxsiy ishlarini o‘rganib chiqish uchun berishni so‘rashgan, biroq rad javobi olishgan, chunki Xitoyda “bemorlarning tibbiy ma'lumotlari o‘ta maxfiy ma'lumot” hisoblanadi.
Mavzuga oid
23:01 / 05.10.2024
Kanadada yotoqxonasidan ko‘rshapalak chiqqan bola quturishdan vafot etdi
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023