O‘zbekiston | 11:34 / 17.02.2021
5756
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan 155 kishi xorijdan ekstraditsiya qilindi

O‘zbekiston hududida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida 2020 yilda xorijiy davlatlarga ayblanuvchilarni ekstraditsiya qilish haqida 194ta iltimosnoma yuborilib, 155 nafar shaxs mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Bosh prokuratura vakili Hayot Shamsuddinov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimi va 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolagan.

Bosh prokuror raisligida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar bosh prokurorlari Muvofiqlashtiruvchi kengashi doirasida 15ta xalqaro-huquqiy hujjat imzolangan.

Avvalroq, Bosh prokuratura tomonidan 2020 yilda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar soni ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid